11 dekabr kuni Toshkent shahrida Orient Motors brendi ostidagi yangi avtomobil markazining ochilishi bo’lib o’tadi.
Yangilangan shourumda Mercedes-Benz G63 — Stronger than time edition, Mercedes-Benz GLS 580, Hyundai Genesis G90 5.0L lyuks sedani kabi premium avtomobillar taqdim etilgan.
Undan tashqari Orient Motors tez sur’atlarda taniqli bo’lib borayotgan Tesla Model 3 Long Range elektromobili va birinchi nemis konserni elektromobili, bir quvvatlanganda 400 km masofaga quvvati yetuvchi Mercedes-Benz EQC 400 4Matic lar bilan mijozlarni hursand qiladi.
Yangilangan markazda sotilgan avtomobillar uchun servis xizmatlari hamda ehtiyot qismlar savdosi ham tashkil etilgan. Avtomobillarga beriladigan 1 yillik yoki 50 000 km lik kafolat esa barcha mijozlarga yoqimli bonus bo’ladi.