Rahbar so'zi

Avtomobillar doimo hayotimning ajralmas qismi bo'lib kelgan...

Ular menga tug’ilganimdan boshlab hamrohlik qilishdi. Aqlimni taniganimdan beri mening faoliyatim qaysidir ma’noda avtomobillar bilan bog’liq, men ularni ta’mirladim, ularga xizmat ko’rsatdim va sotdim.

Hayotimning ma’lum bir bosqichida, nafaqat men va oilam, balki mamlakatim ham faxrlanadigan haqiqatan ham yirik korxonani yaratib, bir umrlik orzuimni ro’yobga chiqarishga qaror qildim. Shunday qilib, bosqichma-bosqich Avtoritet Group kompaniyasi tuzildi. Men o’zim ko’plab oziq-ovqat mahsulotlari, mebellar, kiyim-kechaklar do’konlarining mijoziman va u yerga borganimda, birinchi navbatda, ularning biznesi qanday qurilganligiga ahamiyat beraman va undan o’zim uchun, kompaniyam uchun olishim mumkin bo’lgan foydali tomonlarini ko’rib chiqaman. Men har kuni ishdan ilhom izlayman va ilhom bilan ishlayman. Saytda sizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni topishingizga umid qilaman va zarur hollarda mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmat bilan,

Anvar Turdaliyev

"AVTOritet Group" MChJ Ta'sischi va direktori

Yutuqlarimiz

Ustunlik odati

  • Yuqori malakali xodimlar. Avtomobilsozlik sanoatidagi so’nggi tendentsiyalarni hisobga olgan holda xodimlarning malakasini oshirish bo’yicha muntazam ravishda mashg’ulotlar o’tkazish.
  • Avtomobillarning katta assortimenti, texnik xususiyatlari, maqsadga muvofiqligi, narxlari, dizayni va hokazo kabi toifalarda tanlash bo’yicha cheksiz imkoniyatlar.
  • Har qanday transport vositasi uchun ehtiyot qismlar, moylar va parvarishlash vositalarining keng assortimenti.
  • “Lyuks” klassdagi servis
  • Kompaniyani rivojlantirish siyosatining harakatchanligi va moslashuvchanligi.

5

yil

O'zbekiston avtomobilsozlik sanoatida 5 yil davomida liderlik qilish

Bizning faoliyatimiz

“AVTOritet Group” kompaniyalar guruhining hamkorlari o'z faoliyatlarini quyidagi yo'nalishlarda olib boradilar:
• avtomobillarni sotish
• transport vositalariga kafolatli va texnik xizmat ko'rsatish
• yuk tashish
• ehtiyot qismlarni etkazib berish

Bizning hamkorlarimiz

"AVTOritet Group" tizimiga faqat iste'molchilarni yanada ko'proq farovonligi uchun doimiy ravishda ishlashni xohlaydigan eng ishonchli kompaniyalar kiradi.