Loyiha Haqida Ma'lumot
- HoReCa
Yan, 2018
Zangiota tumani, ERKIN qishlog’i, М-39
M39 avtomagistrali
+99871 2030880
hotel@magistral.uz
Loyiha haqida
Bizning mehmonhonamiz haqli ravishda logistika markazimizning marvaridi deb hisoblanadi. O’z vaqtida dam olish – salomatlik garovi. Ayniqsa yuk tashish va umuman sayohat kabi og’ir ishlarda. Haydovchilik kasbi bu inson tanasig uchun og’ir yuk. Ayniqsa, umurtqaning bo’yin va bel qismlari uchun. Salomatlikni tiklash uchun qulay sharoitlarda to’g’ri tashkil etilgan dam olish kerak. Biz sizning komfortingiz va yaxshi kayfiyatingiz haqida oldindan g’amxo’rlik qildik. Mehmonxona yuqorida aytib o’tilgan barcha xususiyatlar va haydovchilarning dam olishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maxsus loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan. Mehmonxonaning umumiy maydoni 1600 m2, xonalar soni 39. Har bir xona bu puxta o’ylangan tasalli interyeri mavjud qulay joy. Mehmonlarimiz xonalarning va taqdim etilayotgan xizmatlarning narxlaridan mamnun bo’lishadi. Xonani narxi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– nonushta
– bepul Wi-fi
Ozgina xonalarimiz haqida. O’zingizning xohishingizga ko’ra xonani tanlab, siz har doim bitta xona uchun bir kishilik karavot sonini tanlashingiz mumkin (1 yoki 2). Barcha karavotlar xalqaro mehmonxona standartlariga muvofiq ortopedik to’shak, gipoallergen yostiqlar va 100% paxta choyshablari bilan jihozlangan. Har bir xonada tumbochkalari, qulay joylashgan rozetkalar, telefon va konditsioner tizimi mavjud. Sun’iy yo’ldosh televideniesi ham mavjud. Mijoz talabiga binoan xalat, shippak, fen va dazmol taxtasi taqdim etiladi. Mehmonxona hududi majmua bo’lib qo’shimcha imkoniyatlar bilan yaxshilangan:
- Milliy taomlar restorani;
- Kofexona;
- Mini-market;
- Kir yuvish xonasi (gipoallergen yuvish vositalarni qo’llagan holda yuqori sifatli va ehtiyotchilik bilan yuvish);
- Dush xonasi (zamonaviy jihozlangan dush kabinalari, kuniga 24 soat issiq suv mavjud;
- Sartaroshxona (malakali mutaxassislar, xonaning va vositalarning maxsus sanitariyasi, narxlar ro'yxatida barcha modali soch turmaklari va soch olish usullari mavjud).
Har bir ob’ekt uchun xodimlar, shuningdek mehmonxonaning asosiy xodimlari uch bosqichli tanlov tizimiga muvofiq ehtiyotkorlik bilan tanlangan:
– tegishli malaka borligi;
– o’z ishlarini yoqtirib mijozlarga do’stona munosabat bildirish;
– doimo rivojlanishga va o’z ustida ishlashga tayyorlik.