Loyiha Haqida Ma'lumot
- HoReCa
Yan, 2018
Zangiota tumani, ERKIN qishlog’i, М-39
M39 avtomagistrali
07:00 - 23:00
+99898 3684686
Loyiha haqida
«Karvon» milliy taomlari restorani haqida ko’proq oma’lumot. Ovqatlanish jarayoni, ayniqsa uzoq safardan so’ng, bu nafaqat instinkt yoki ehtiyoj. To’g’ri tashkil etilgan ovqatlanish haydovchilarga o’zlarini uyda his qilishlariga va oilasini juda sog’inmasliklariga, dam olishlariga va quvvat olishlariga yordam beradi. «Karvon» restoranidagi taomlar nafaqat tana uchun ovqat, balki ruh uchun juda katta ijobiy ta’sirdir. Bizning restoranimiz sizning charchoqingizni darhol va izsiz yo’q qiladigan, qulaylik va xotirjamlik tuyg’usini yaratadigan keng yumshoq mebel bilan jihozlangan.Tozalik esa « Karvon» restoraniga kirishda e’tiboringizni birinchi tortadigan narsa. Himmatli sermulozamat ofitsiantlar barcha taomlar haqida gapirib berib sizning didingizga eng yaxshi variantni tavsiya qilishadi. Sharq taomlari dunyodagi eng mazali taomlardir va «Karvon» restoranining oshpazlari ularni beqiyos tayyorlaydi!
Sharq oshxonasi dunyodagi eng mazalilardan biri!
Restoran 800 m2 maydonni egallaydi, 200 o’rinli joy mavjud. Stollarni bezatishni alohida ta’kidlab o’tish kerak: dasturxon, ovqatlanish anjomlari va boshqa idishlar umumiy interyerga mos ravishda tanlangan. E’tibor bering: «Karvon» restoranida oldindan olib kelingan oziq-ovqat va yarim tayyor mahsulotlar yo’q, kechagi tayyorgarlik yo’q. Barcha taomlar faqat buyurtma bergan kuningiz bizning oshxonamizda tayyorlanadi. Bizning restoranda hamma o’zlarini uzoq vaqtdan beri kutilgan juda yaxshi kutib oladigan joyga tashrif buyurgan mehmonlar deb his qilishadi. Restoranda toza zamonaviy hojatxona mavjud. Restoranning barcha afzalliklari haydovchilar uchun yoqimli syurprizga aylanadi, ammo biz uchun hamma narsani eng yuqori darajada bajarish – bu norma va har bir daqiqalik burch. Ishonchimiz komilki, safaringiz qancha davom etishidan qat’i nazar, siz «Karvon» restoranidan yo’lga baxtli, yaxshi ovqatlangan va dam olgan inson sifatida chiqib ketasiz. Baxtli haydovchilar xavfsiz yo’lning kafolatidir.