Loyiha Haqida Ma'lumot

  • Yuk transporti va servis
  • 2015

  • Zangiota tumani, ERKIN qishlog’i, М-39

  • «Quyoshli» (Solnechniy) bozor

  • 09:00 - 18:00

  • (+99899) 002-09-90
    (+99899) 889-09-90

Loyiha haqida

Tijorat transporti – biznesni tashkil qilish muhim tarkibiy qismidir. Bekor to’xtab turish va barbod bo’lgan kelishuvlarni oldini olish uchun ushbu bozor segmentiga xizmat ko’rsatadigan servis-markazi xalqaro standartlar darajasida bo’lishi lozim.

«MAGISTRAL DIESEL SERVICE» MChJ bu O’zbekistonning eng katta sotish va tijorat transportiga xizmat ko’rsatish markazlaridan  biri. «MAGISTRAL DIESEL SERVICE» MChJ zamonaviy dilerlik va servis-markazi 4 700 м2 maydonda joylashgan. Markazning o’rnashish joyi atayin yuk avtomobillari haydovchilariga qulaylik yaratish uchun tanlab olingan– shahar infratuzilmasining hayot va ishiga to’sqinlik qilmay haydovchilar qulaylik bilan kerakli xizmatlarni butun qatorini olishlari mumkin. 

Markaz eng yangi peshqadam jihozlarga ega, shu jumladan:
  • Transmissiya elementlarini ta’mirlash stendlari;
  • G’ildirak ro’para kelishi lazer stendi;
  • 100 tonna yukli gidravlika pressi;
  • Transport vositalarni turli tizimlarini diagnostika qilish jihozlari.

Servis zonasida ko’rsatiladigan ximatlar:

  • BOSCH, DELPHI, DENSO, MOTORPAL, YANMAR, WUXI, WEIFU yoqilgi tizimlarni ta’mirlash;
  • WABCO va KNOR pnevmotizimlarni ta’mirlash;
  • forsunkalarni diagnostika qilish;
  • baland bosimli nasoslarni diagnostika qilish;
  • injektorlarni ta’mirlash;
  • kondicionerlarni ta’mirlash va zapravka qilish;
  • balansirovka va shinomontaj;
  • elektr svarkasi, gaz svarkasi va kemping;
  • elektrojihozlarni ta’mirlash;
  • ТО-1, ТО-2.

Avtomobil ehtiyot qisimlari do’koni

Avtomobil ehtiyot qisimlari do’koni, umumiy maydoni 1000 м2, do’konning assortimentida yuk avtomobillar uchun quyidagi ishlab chiqaruvchilarning 5000 turda original ehtiyot qismlari bor: MAN, DAF, SCANIA, VOLVO, MERCEDES-BENZ va boshqalar.

Avtomobil ehtiyot qisimlari do’konida ko’rsatiladigan ximatlar:

Tezkor ravishda kerakli original ehtiyot qismlarni tanlashda doimo yordam bera oladigan malakali mutaxassislarning konsultacion yordami. Kerakli narsa omborda mavjud bo’lmagan taqdirda siz hamisha qisqa muddatlarda bajariladigan buyurtma berishingiz mumkin.

MAN dilerlik servis-markazi 

Ushbu markaz JV «UZ TRUCK AND BUS MOTORS» MChJ QK ishlab chiqargan yuk avtomobillar va avtobuslar bo’yicha sotish, kafolatdagi va kafolat muddati tugagandan so’ng servis xizmatini ko’rsatish sohasida o’z faoliyatini yuritadi. Markaz hududida MAN kompaniyaning mahsuloti chiqarib qo’yilgan katta shourum joylashgan. Shartnoma tuzish paytida sotib oluvchiga yuk avtomobillarning original ehtiyot qismlari va to’plamga kiruvchi qismlari beriladi. Bundan tashqari biz sizga yuk avtotransportni ideal holatda saqlash uchun qilinadigan xarajatlarni nazorat qilib rejalashtirishingiz uchun qulay keng imkoniyatlarni taqdim qilamiz. MAN transport vositalarni ta’mirlash yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Bosch Diesel Service

«Bosch»-ning rasmiy servis-markazi bo’lgan «Bosch Diesel Service»-ning boshqalardan ajratib turadigan belgisi bu Common Rail tizimining alohida uzellarini ta’mirlash imkoniyati. Bunday yondashish qimmat ehtiyot qisimlarga sarflanadigan xarajatlarni ancha qisqartiradi. Yuqori malakali tajribali mutaxassislar maxsus o’qishlarda tayorlanib har yili BOSCH o’quv markazlarida malakalarini ishirishadi. Bu ularga yoqilgi tizimlarni diagnostikasi va ta’mirlash ishlarini maksimal baland darajada amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Qo’shimcha xizmatlar:
  • mexanik va elektron TNVD ta’mirlash;
  • forsunkalarni ta’mirlash;
  • barcha markalarda bo’lgan yuk avtomobillarni nasos-forsunkalarini ta’mirlash.

Tir Parking – Avtoto’xtash

Avtoto’xtash, umumiy maydoni 20 000 м2, sig’imi sutkada 200 yuk avtomobillardan ortiq mikdorni tashkil qiladi. To’xtash zamonaviy standartlar asosida to’sib ajratilgan, 24/7 rejimda videonazorat orqali qo’riqlanadi. Har bir avtomobil ro’yhatga o’tadi.

Avtomoyka

Avtomoyka, umumiy maydoni 300 м2, kontaktsiz, bir vaqt uchun sig’im qobiliyati 2 yuk avtomobili. Sutkada 24 soat ishlaydi, dam olish kunlarsiz. Eng sifatli yuvish vositalari, zamonaviy jihozlar va ehtiyotli yondashish qo’llanadi.

Mehmonhona

Bizning mehmonhonamiz haqli ravishda logistika markazimizning marvaridi deb hisoblanadi. O’z vaqtida dam olish – salomatlik garovi. Ayniqsa yuk tashish va umuman sayohat kabi og’ir ishlarda. Haydovchilik kasbi bu inson tanasig uchun og’ir yuk. Ayniqsa, umurtqaning bo’yin va bel qismlari uchun. Salomatlikni tiklash uchun qulay sharoitlarda to’g’ri tashkil etilgan dam olish kerak. Biz sizning komfortingiz va yaxshi kayfiyatingiz haqida oldindan g’amxo’rlik qildik. Mehmonxona yuqorida aytib o’tilgan barcha xususiyatlar va haydovchilarning dam olishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maxsus loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan. Mehmonxonaning umumiy maydoni 1600 kv.m., xonalar soni 39 (19 ta takomillashtirilgan va 20 ta standart xonalar). Har bir xona bu puxta o’ylangan tasalli interyeri mavjud qulay joy. Mehmonlarimiz xonalarning va taqdim etilayotgan xizmatlarning narxlaridan mamnun bo’lishadi. Xonani narxi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

  • nonushta
  • bepul Wi-fi
Mehmonxona hududi majmua bo’lib qo’shimcha imkoniyatlar bilan yaxshilangan:
  • Milliy taomlar restorani;
  • Kofexona;
  • Mini-market (oziq-ovqat, gigiena vositalari va yoqimli narsalarning juda katta assortimenti);
  • Kir yuvish xonasi (gipoallergen yuvish vositalarni qo’llagan holda yuqori sifatli va ehtiyotchilik bilan yuvish);
  • Dush xonasi (zamonaviy jihozlangan dush kabinalari, kuniga 24 soat issiq suv mavjud;
  • Sartaroshxona (malakali mutaxassislar, xonaning va vositalarning maxsus sanitariyasi, narxlar ro’yxatida barcha modali soch turmaklari va soch olish usullari mavjud).
  • Manzil: O’zbekiston, Toshkent shahri, Zangiota tumani, Erkin QFY, М-39
  • Telefon raqamlari: (+99899) 002-09-90, (+99899) 889-09-90.
  • Email: info@magistral.uz

«MAGISTRAL DIESEL SERVICE» – to’sqinliksiz safarlar.