Loyiha Haqida Ma'lumot

  • Yo’lovchilar transporti va servis
  • 1 Fevral 2020

  • To'raqo'rg'on ko'chasi, 200

  • Viloyat kardiologiyasi, "Namangan Avtotex Trading"

  • 09:00 - 21:00

  • +998 (99) 474-09-90

Loyiha haqida:

«AVTOritet Namangan» loyihasi «AVTOritet» multibrendli tarmog’ining birinchi mintaqaviy loyihasidir.
2020 yil 1 fevral «Avtoritet Group» kompaniyalari guruhi uchun shahar miqyosidagi va umuman respublika avto-biznesi uchun yirik voqea bo’ldi.

Endi Namangan va Namangan viloyati aholisida avtosohada yuqori darajadagi xizmatlarni olish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni poytaxtga bormasdan hal qilish imkoniyati mavjud.

«Avtoritet Namangan» respublikamizning barcha hududlarida avtomobil sohasini rivojlantirish uchun rejalashtirilayotgan ulkan qatlamdan birinchi qadamdir. Bugungi kunda «Avtoritet-Namangan» filiali Namangan shahridagi o’z mijozlariga ehtiyot qismlardan tortib maxsus texnika sotishgacha bo’lgan barcha turdagi mahsulotlarni taklif qilishdan mamnundir.

Birinchi filialning ochilish joyi sifatida Namangan shahri tanlanishi bejiz emas edi. «Avtoritet» guruhi rahbariyati Farg’ona vodiysida, xususan Namanganda katta iqtisodiy salohiyat borligini ko’rmoqda. Shunigdek, Kompaniya rahbari Turdaliev Anvar Obidovichning namanganlik bo’lishi ham bunda katta rol o’ynadi.

«Avtoritet Namangan» respublikamizning barcha hududlarida avtomobil sohasini rivojlantirish uchun rejalashtirilayotgan ulkan qatlamdan birinchi qadamdir. Bugungi kunda «Avtoritet Namangan» filiali Namangan shahridagi o’z mijozlariga ehtiyot qismlardan tortib maxsus texnika sotishgacha bo’lgan barcha turdagi mahsulotlarni taklif qilishdan mamnundir.
Avtomobil ehtiyot qismlari do’konining maydoni 500 m2.

Supermarket:

«AVTOritet Namangan» avtokompaniyasining supermarketida dunyodagi ishlab chiqaruvchilarning ko’plab ehtiyot qismlari, moylari, aksessuarlari va boshqa ehtiyot qismlari mavjud.

Agar Ford «Avtomobilning rangi har qanday bo’lishi mumkin, agar u qora bo’lsa,» degan bo’lsa, biz «Odamlar uchun nima va qayerda ekanligi qizig’i yo’q. U yaxshi va to’g’ri bo’lsa bo’ldi” deymiz. Shu sababli, rivojlanish yo’lida Avtoritet Group, shuningdek uning filiali Avtoritet-Namanganning asosiy maqsadi va vazifasi mamlakatimiz aholisi uchun maksimal qulaylik yaratishdir. Biz Namangan aholisini biroz xursand qilganimizdan xursandmiz va yoqimli samarali hamkorlikka umid qilmoqdamiz! Avtoritet-Namanganga xush kelibsiz!