Loyiha Haqida Ma'lumot

Loyiha haqida:

«AVTOritet Kadisheva» — bizning eng yangi majmualarimizdan biri bo’lib, umumiy maydoni 31000 m.kv ni tashkil qiladi, avtoulovlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha keng ko’lamdagi xizmatlarni taqdim etadi. Avtomajmua 20 ta ko’targichlarda va 15 ta lokal servis (avtoulov g’ildiraklarini kuzovga nisbatan sozlash (razval sxojdenie), elektrikasi, moy almashtirish, diagnostika qilish) shahobchalarida bir yo’la 35 ta avtoulovga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan. Bundan tashqari majmua hududida deteyling (to’liq ishlov beradigan) studiya joylashgan.

Xizmatlar:

«AVTOritet Kadisheva» e’tiboringizga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

  • Istalgan rusumdagi engil avtotransport bo'yicha xizmatlar ko'rsatish uchun servis markaz;
  • Keng turdagi detallar, moy, avtomobilni parvarish qilish vositalari va shu kabilar havola etilgan ehtiyot qismlar supermarketi;
  • Qulay sharoitda kutish uchun launj - hudud;
  • Avtocoffee kafesida keng tanlovi issiq va salqin ichimliklar.

Avtoulov yuvish shahobchasi:

Avtomajmuada zamonaviy va sifatli yuvish shahobchasi foaliyat yuritadi. Portal yuvish shahobchasi avtoulovingizni ehtiyotkorlik bilan yuvishga ko’maklashadi. Qo’shimcha xizmatlar sifatida ko’lda yuvish va boshqa turdagi ishlov berish xizmatlari ham mavjud.

Supermarket:

«AVTOritet Kadisheva» avtomajmuasi supermarketida jahon ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarilgan keng tanlovda ehtiyot qismlari, moylar, aksessuarlar va avtoulovlar uchun boshqa detallar mavjud. Avtoulovingiz uchun ehtiyot qism sotib olar ekansiz, uni o’rnatish uchun servis markaz xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek «AVTOritet Kadisheva» supermarketi hamyonbop narxlarda Kuzov ehtiyot qismlari va yig’ilgan kuzovlarning keng miqyosdagi assortimentini ham taqdim etadi, ushbu xaridlar Yashnabod tumani bo’ylab bepul etkazib beriladi!

Launj — hudud:

Qulay launj — hudud ta’mirlash ishlarining tugashini qulay sharoitlarda kutishga imkon beradi. Avtocoffee sizni salqin kunlarda issiq xushbo’y qahva bilan isitadi, yozning jaziramasida esa salqinlatuvchi isimliklardan bahramand qiladi.

Xodimlar:

Ehtiyot qismlari va aksessuarlarni tanlash tajribali sotuvchi-konsultantlarning professionalligi tufayli zavqli jarayonga aylanadi. Xodimlarimiz doimiy ravishda malakalarini oshirib boradilar, shu bois istalgan qiyin vaziyatda sizga oson yordam beradilar.

Narxlar:

Raqobatbardosh narx siyosati ko’rsatiladigan xizmatlarning va taklif etilayotgan tovarning yuqori sifati bilan mutanosib darajada muvofiqlashadi. Bizning do’konlarimiz foydasiga tanlov qilar ekansiz, uzoq muddatli munosabatlarga va o’zingizga qulaylikka asos solgan bo’lasiz. Sadoqatlilik tizimimiz sizni xushnud etadi, chunki sizga bonuslar, mavsumiy va bayram chegirmalari va boshqa kutilmagan sovg’alar taqdim etiladi.

«AVTOritet» kompaniyasi mijozlarining yanada ko’proq komforti uchun yana nimadir yangi yaratish to’grisida har kuni o’ylamoqda. Biz avtomobil mavjud bo’lgan hayotingiz baxtli va beg’am bo’lishini istaymiz.

Biz bilan birga bo’lganingiz uchun rahmat!