Loyiha Haqida Ma'lumot

Loyiha haqida:

Rulda ayollar sonining tezlikda oshishi AVTOritet jamoasini noyob joy tashkil etishga undadiki, ushbu joyda nafaqat avtoulov uchun, balki uning egasi bo’lmish muhtaram ayol uchun ham barcha xizmatlar spektri taqdim etiladi.

Avtomajmuada nafaqat avtoulovlarga texnik xizmat ko’rsatiladi, balki premium toifadagi go’zallik saloni xizmatlari taqdim etiladi, bolalar uchun o’yin maydonchasi hamda ajoyib taomlar pishiriladigan fayzli kafe ham mavjud.

Xizmatlar:

«AVTOritet A-Lady» e’tiboringizga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

A-SERVIS

Avtoulovlarni qabul qilish shahobchasi. Avtomajmua mexaniklari avtoulovga texnik xizmat ko’rsatish va har qanday murakkablik darajasidagi ta’mirlash ishlarini bajarishga shay turadilar. Bundan tashqari, majmua hududida ispan ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangan avtomatlashtirilgan yuvish uskunali shahobcha joylashgan bo’lib, avtoulovingiz yuzasidan barcha chang va g’uborlarni sifatli va ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlaydi.

A-SALON

G’amxo’rlik va go’zallik muhitiga to’liq sho’ng’ish imkonini beruvchi joy. Tajribali mutaxassislar keng miqyosda quyidagi xizmatlarni taklif etadilar:

  • Dermatolog shifokorlar maslahatlari va xizmatlari;
  • Teri salomatligi, yuz estetikasi bilan bog'liq bo'lgan kosmetologiya xizmatlari;
  • Qosh va kipriklarni tekislash;
  • Davolovchi va bo'shashtiruvchi uqalash (massaj);
  • Qo'shimcha parvarishlash, xushbo'y terapiya;
  • Tirnoq servisi bo'yicha to'liq xizmatlar to'plami;
  • Sochlarni parvarishlar muolajalari — kesish, bo'yash, turmaklash.

Avtomajmuaga tashrif buyurgan eng talabchan ayollarimiz uchun hududda yolg’iz qolish va xordiq chiqarish uchun VIP-kabinetlar mavjud, ularda vaqtni tejab, bir vaqtning o’zida bir nechta xizmatlardan foydalanish mumkin.

A-BABY

Keng bolalar maydonchasi, farzandlaringiz uchun xursandchilik joyi. Maxsus o’qitilgan xodimlar go’zallik ustalari sizga g’amxo’rlik qilayotgan paytda farzandlaringizni ko’ngilochar mashg’ulotlar bilan band qiladilar. Majmua yonida Barber-shop mavjud bo’lib, kichkintoylar uchun o’zlarining qaytarilmas turmaklarini yaratishga yordam beradi.

A-CAFÉ

Dugonalar yoki yaqinlar bilan dilkash uchrashuvlar uchun fayzli joy. Xotirjam muhit ajoyib taomlar mazasidan bahramand bo’lishga imkon beradi. Shef-povar har mavsumda menbni yangilab boradi, bu esa taomlarni qadrlovchilarga Nodir jahon taomlari kollektsiyasiga kirgan taomlarni tatib ko’rishga imkon beradi. Xushbo’y qahva finjoni – hayot xursandchiliklarini his etish va ushbu ondan lazzat olishning yana bir oddiy usuli.

Majmuada vaqt o’tkazish xotirjamlik bilan kechishi uchun, barcha tashrif buyurganlarda videokuzatuv tizimi vositasida o’zining avtoulovini ta’mirlash ishlarining borishini, farzandlarining o’ynashini kuzatish imkoni bor.

A-LADY — o’zida uyg’unlik va go’zallik kuchlarini mujassam etgan ayollar hududi!