Loyiha Haqida Ma'lumot

  • Yo’lovchilar transporti va servis
  • 11 Avg, 2018

  • Raxmat Fayziy Ko'chasi, 8

  • Shedevr Garden restorani

  • 09:00 - 18:00

  • +998 99 310 0990
    +998 99 322 0990

Loyiha haqida:

Motor ta’mirlash mexanika tsexi – istalgan turdagi ichki yonish dvigatellarini ta’mirlash va tiklash bo’yicha ixtisoslashgan ustaxona.

Mexanik tseximiz sifatni kafolatlagan holda chet el va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan dvigatellarni ta’mirlaydi, Avtoritet Avtomechanics mutaxassislari esa turli rusumdagi IYoDning ishlash xususiyatini tiklash bo’yicha katta tajribaga ega.

Tsexni eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlab va tajribali professionallar jamoasini to’plab, biz, sifati yangi detal bilan raqobat qiladigan ta’mirlash ishlarini bajaramiz. Dastgohlarimiz metallni imkon qadar joyidan olmaslik bilan unga ishlov berish imkonini beradi, bu esa o’z navbatida, dvigatelning qimmat elementlarining yo’l qo’yiladigan ta’mirlarining sonining oshishiga imkon beradi.

Xizmatlar:

Tsilindrlar bloki hamda tsilindrlar – Mototexnika, kompressorlar va sh.k.

  • Yuvish;
  • Diagnostika qilish, shu jumladan tirsakli val va taqsimlovchi val postellarining o'qlarining muvofiqligini;
  • Opressovka qilish;
  • Teshiklarni kerakli o'lchamga kengaytirish (rastochka);
  • Xoning va platoxoning ishlov berish;
  • Gilza o'rnatish (press ostida yoki haroratlar farqidan foydalangan holda);
  • Cho'yan va alyuminiy bloklarda gilza o'rnatish;
  • Tutashadigan yuzalarni (privalochnie ploskosti) frezerlash;
  • Tutashadigan yuzalarni (privalochnie ploskosti) silliqlash (shlifovka qilish);
  • Tirsakli val postelining geometriyasini tiklash (postelni kengaytirish-restavrasiya qilish).


Tsilindrlar bloki boshchasi:

  • Yuvish;
  • Diagnostika qilish;
  • Opressovka qilish;
  • Tutashadigan yuzalarni (privalochnie ploskosti) silliqlash (shlifovka qilish);
  • Tutashadigan yuzalarni (privalochnie ploskosti) frezerlash;
  • Klapanlar egarlarini ta'mirlash va almashtirish;
  • Klapanlarni ta'mirlash (tiklash) va almashtirish;
  • Klapanlarning yo'naltiruvchi vtulkalarni ta'mirlash va almashtirish, yo'naltiruvchi klapanlarning bronza gilzalaridan foydalangan holda import avtoulovlarning quyma yo'naltiruvchilarini restavrasiya qilish imkoniyati bilan;
  • Gidrokompensator o'rniga klapanlarning itaruvchilari o'rnatilgan IYOD uchun bo'shliqlarni sozlash;
  • Sbbni tayyor qilib ta'mirlash;
  • Taqsimlovchi valning postelini tiklash, shuningdek taqsimlovchi valning bo'yinchalarini qayta silliqlash (shlifovka qilish).



Tirsakli val:

  • Yuvish;
  • Diagnostika qilish;
  • Silliqlash (shlifovka qilish);
  • Maxsus yaltiratadigan qiladigan tasma va yaltiratadigan qiladigan mashinani qo'llagan holda yaltiratish (polirovka);
  • Dinamik muvozanatlash (balansirovka);
  • Nostandart tshlchamdagi TV vkladishlarini tayyorlash;
  • T/v o'qi lyuftini ta'mirlash (yarim halqa);
  • Promer texnologiyasidan foydalangan holda tirsakli val bo'yinchalarini silliqlash (shlifovka qilish) – har bir postelni alohida metrologik o'lchash, vkladish-sirpanuvchi podshipnikni o'rnatgan holda, muhimi – asl bo'lmagan vkladishlarni ishlatganda yoki yuqori natija olish uchun.



Shatunlarni ta’mirlash:

  • Shatunni buralishi va egilishiga diagnostika qilish;
  • Shatunning geometrik o'lchamlarining zavoddagi ko'rsatkichlariga muvofiqligini o'lchash (markazlar orasidagi masofa, ShQB (NGSH) SHYUB (VGSH) diametrlari, pales diametri);
  • Shatunning yuqori boshchasi (SHYUB) vtulkasini almashtirish;
  • YUSHB vtulkasini o'lchamga moslab kengaytirish;
  • Shatunning quyi boshchasini tiklash;
  • Markazlar orasidagi masofani tuzatish;
  • Porshen paleslarini qayta presslash (haroratlar farqidan foydalangan holda yoki ishlab chiqaruvchi zavodning talablariga muvofiq).


Payvandlash ishlari:

  • Cho'yan va uning qotishmalaridan tayyorlangan detallarni payvandlash;
  • Alyuminiy va uning qotishmalaridan tayyorlangan detallarni argon payvandlash;
  • Boshqa rangli va zanglamaydigan metallarni payvandlash;
  • Radiatorlarni, yoqilg'i baklarini va boshqalarni payvandlash.


Qo’shimcha xizmatlar:

  • Tokarlik ishlari;
  • Frezerlik ishlari;
  • Silliqlash ishlari;
  • IYOD va boshqa uzellarning detallarini struyali yoki botirib yuviladigan mashinalardan foydalangan holda yuvish.