AVTOritet avtomajmuasi tarmog’i AVTOritet Shimoliy oltinchi filialini ishga tushiradi.

2020-yil 19-avgustda ertalab soat 10:00 da AVTOritet Shimoliy Vokzal yangi filialining ochilishi bo’lib o’tadi. Ushbu filial Toshkentda beshinchidir.

Avvalgi barcha filiallarda bo’lgani kabi, asosiy g’oya ham joylashgan o’rni edi. Kompaniya rahbariyati kivhik halqa yo’li bo’ylab joylashgan joyni, shahar markaziga nisbatan yaqin va qulay transport almashinuvini tanladi.

Yangi avtokompleks o’z mehmonlarini eng ilg’or uskunalar va asboblar bilan jihozlangan 1700 kv. m. ta’mirlash maydoni bilan kutib oladi, 677 kv. m. maydonida ehtiyot qismlar do’koni, bu yerda 5 000 dan ortiq tovar pozitsiyalari taqdim etiladi.

Bundan tashqari, biz bunday katta avtomajmuani AVTOritet CarWash zamonaviy sifatli avtomobillarni yuvish shahobchasisiz qoldira olmadik. Yuvish jarayoni kontaktsiz bo’lib, mashinangizning yuzasi mutlaq xavfsizlikda bo’ladi!

AVTOritet va AVTOCoffee inoq jamoalari tomonidan avto egalari uchun tayyorlab qo’yilgan sovg’alar bilan bir qatorda ochilish marosimi foydali hamda qiziq bo’lishiga va’da beramiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan