28 yanvar kuni soat 10da AVTOritet majmuasining Yashnobod tumanidagi filialining tantanali ochilishish marosimi bo'lib o'tadi.

O’z printsiplarimizga sodiq qolgan holda va mijozlarimizga imkon qadar qulayliklar yaratish maqsadida navbatdagi avtomajmuamiz ham shahrimizning Markaziy nuqtalaridan birida joylashgan.

Eng ilg’or uskunalar va texnikalar bilan jihozlangan avtomajmuada malakali mutaxassislarimiz siz istagan xizmatlarni yuqori darajada amalga oshiradilar.

3100 kv. m. maydonga ega bo’lgan ushbu majmuada keng tarmoqli avtoservis xizmatlari yo’lga qo’yiladi. Avtomajmuada bir paytning o’zida 35 avtoulovlarga xizmat ko’rsatilib, shulardan 20 tasi avtoulov ko’targichlar va 15 tasi moy almashtirish, Elektrika, tyuning studiya, g’ildiraklar o’qini texnik to’g’rilash kabi boshqa turdagi xizmatlar taqdim etiladi. Shuningdek, keng maydonga ega bo’lgan avtomajmuamizda 4 ta avtomobillarni yuvish shaxobchalari joy olgan. Ulardan ikkitasida yuvish jarayoni kontaksiz bo’lib, yana ikkitasida avtoulovlarni qo’lda yuvdirish imkoni mavjud.

Majmuamizning do’konidan esa, avtoulovlarga kerakli bo’lgan texnik uskunalar hamda aksesuarlarni xarid qilishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Aviasozlar 2 mavzesi, Beshariq ko’chasi,
Mo’ljal: Kadisheva bozor.
Aloqa telefon raqami: +998 (99) 786-09-90

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan