1-aprel 2021-yil, A-Lady - ayollar uchun birinchi avtomobil kompleksi ochiq eshiklar kuni deb e'lon qiladi.

Avtoulov boshqarayotgan xonimlar sonining ortib borishi AVTOritet jamoasiga ajoyib maskan yaratish uchun ilhom baxsh etdi. Bu erda ayollar nafaqat avtoulovlarini texnik ko’rikdan o’tkazishlari, balki ular uchun yaratilgan barcha turdagi go’zallik xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Avtomajmuada nafaqat avtoulovlarning texnik sozlash xizmati ko’rsatiladi, shuningdek yuqori saviyadagi go’zallik saloni, bolalar o’yin maydonchasi, hamda mazali taomlarni taqdim etuvchi shinamgina kafe joy olgan.

A-SERVIS – avtoulovlarning qabul qilish shaxobchasi. Avtomajmuaning mexanik-ustalari avtoulovlarning murakkab ko’rinishdagi barcha texnik ko’rik va ta’mirlash xizmatlarini amalga oshiradilar. Bundan tashqari, majmua hududida Ispaniyada ishlab chiqarilgan avtomatlashtirilgan avtoulov yuvish shaxobchasi ham bo’lib, avtomobil yuza qismidagi kirlarni unga zarar etkazmay sifatli yuvib tozalaydi.

A-BEAUTY – go’zallik va salomatlik olamiga g’arq bo’lish mumkin bo’lgan maskan. Malakali mutaxassislar tomonidan quyidagi keng qamrovli xizmat turlari taklif etiladi:

  • dermatolog-shifokor maslaxati va xizmatlari;
  • yuz terisi salomatligi bilan bog’liq kosmetologik xizmatlari;
  • qosh va kipriklarni to’g’rilash;
  • sog’lomlantiruvchi va tinchlantiruvchi massaj;
  • aromaterapiya;
  • tirnoq bilan bog’liq to’liq xizmatlar jamlanmasi;
  • soch bilan bog’liq jarayonlar – soch kesish, bo’yash, turmaklash.

Avtomajmuamizga tashrif buyurgan talabchan xonimlar uchun maxsus jixozlangan VIP-xonalarda mutaxassilar bir necha xizmat turlari taqdim etadilar. Bunday jarayon vaqtni tejashga va undan unumli foydalanishga yordam beradi.

A-BABY – farzandlar quvonchi uchun o’yin maydonchasi. Go’zallik ustalari ayollar bilan mashg’ul bo’lgan paytda, maxsus tayyorlangan xodimlar bolajonlarni zeriktirmay o’ynatib turadi. Majmua yonida Barber-shop joylashgan bo’lib, usta-sartaroshlari o’g’il bolalar soch turmagini zamonaviy uslubda yaratishga ko’maklashadilar.

A-CAFE – yaqin insonlar va dugonalar bilan samimiy uchrashuv uchun shinam maskan. Sokin muhit ajoyib taomlardan to’liq zavqlanishga zamin yaratadi. Katta-oshpaz mavsumga qarab menyularni yangilab boradi. Bu esa, mehmonlarimizga dunyo oshxonasidan joy olgan eng sara va shoxona taomlarini ta’tib ko’rish imkonini beradi. Ajib iforli qahva – xayot quvonchi va zavqli onlardan baxramand bo’lish uchun oddiy sabablardan biridir.

Majmuada vaqtni xotirjam o’tkazish uchun, tashrif buyurgan xonimlarimiz avtoulovlarining ta’mirlash jarayoni, hamda farzandlari qanday o’ynayotganini videokuzatuv tizimi orqali ko’rishlari mumkin.

А-LADY – o’zida go’zallik va uyg’unlik kuchini mujassam etuvchi ayollar maskani!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan