Joriy yilning 30 may kunida «Avtoritet» avtomajmualar tarmog’ining yangi filiali o’z ishini boshladi. Yangi «Avtoritet Lunacharskiy» filiali katta, zamonaviy va innovasion servis markazi bo’lib, bu erda siz sifatli avtomobil ehtiyot qismlari va mashina uchun turli xildagi aksessuarlarni topishingiz mumkin. Shuningdek, markazda nafaqat do’kon, balki servis markazi hamda avtomobil yuvish shoxobchalari ham faoliyat olib boradi.

«Avtoritet» — O’zbekistonda servislar va avtomobil komplekslarining xizmat ko’rsatish tarmog’i. Ushbu shinam va zamonaviy servis markazi Frantsiya, Rossiya, Gruziya, Yaponiya, Turkiya, Koreya kabi dunyoning etakchi mamlakatlari tajribasini o’rgangan holda Evropa standartlariga mos ravishda yaratildi.

Markazda siz ehtiyot qismlarning keng assortimenti, 45000 dan ortiq buyumlarni topishingiz mumkin. Avtoservis hududida diagnostika qilishdan boshlab, murakkab ta’mirlashga qadar barcha xizmatlar taqdim etiladi. Shuningdek, doimiy tarzda moslashuvchan narxlar, mavsumiy chegirmalar, foydali aktsiyalar o’tkazib boriladi.

«Avtoritet» avtomajmualar tarmog’ida har qanday avtomobilni ta’mirlash xizmatiga uch oylik kafolat beriladi. «UzAuto Motors» kompaniyasining ehtiyot qismlarini etkazib berish va kafolatli ta’mirlash bo’yicha ham xizmat ko’rsatiladi.

Kompaniya nafaqat oflayn sohada yangi filiallarni ochishda davom etadi, balki onlayn ehtiyot qismlar do’konini ham ishga tushirish orqali mijozlarga yanada qulay va tezkor xizmatlarni taqdim etishni rejalashtirgan.

Manzil: Mirzo Ulug’bek tumani, Buyuk Ipak yo’li ko’chasi, 299-uy.

Mo’ljal: Lunacharskiy markazi, sobiq LADA markazi.

Facebook: fb.com/avtoritet.uzbekistan
Instagram: @avtoritet.uzbekistan
Telegram-kanal: t.me/avtoritetservice
Telegram-chat: t.me/avtoritet_service

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan