Aynan ikkinchi yil hayotimiz ko’pchilik jixatlarida eng ahamiyatli yillardan biri bo’lib qoladi. Ikki yoshida bola hayotida ko’p narsalarni ilk bor qilib ko’radi, o’zi yurib ketadi, yangi so’zlarni o’rganib ishlata boshlaydi. Oliygohda o’qishning ikkinchi yilida aynan o’rganish uchun siz o’qishqa kirgan maxsus fanlardan dars o’ta boshlaydilar. Turmushning ikkinchi yili uni yana mustaxkamlab hissiyotlarga boyitadi. Tadbirkorlikda ham faoliyatning ikkinchi yili keyinchalikdagi rivojlanish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Faoliyatning birinchi yilida odatda mijozlarni orttirish va brendni ommaga tanishtirish bilan bog’liq ishlar maqsad sifatida qo’yiladi. AVTOritet ko’pbrendlik avtomajmualar tarmog’i faoliyatining birinchi yili natijalariga ko’ra boshlanishdanoq belgilangan barcha asosiy ko’rsatgichlarga erishib ikkinchi yili esa tarmoqning kengaytirish va rivojlantirish bo’yicha faol ish olib bordi.

Faoliyatning ikkinchi yilida ikkita yangi filial ochilib ular Namangan shaxridagi ehtiyot qismlar do’koni va Toshkent shaxrida Buyuk Ipak Yo’li ko’chasidagi to’laqonli xizmat ko’rsatish markazi kabilardir. Faoliyatimizning ikkinchi yili bozorda egallab turgan o’rnimizni mustaxkamlab, xatolarni tuzatish va ishimizni takomillashtirishda davom etish imkonini berdi. Ushbu vaqt mobaynida AVTOritet Toptul Tayvanlik asboblar ishlab chiqaruvchisining yakkaxon distributoriga aylandi va tez kunlarda ushbu brendning buyumlari tarmog’imiz do’konlari javonlarida paydo bo’ladi. Tarmoq do’konlarini va xizmat ko’rsatish markazlarini GM Genuine original ehtiyot qismlar bilan ta’minlashni ko’zga tutuvchi AVTOritet va UzAuto Motors o’rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi strategik kelishuvga ham erishdik.

Lada Uzbekistan bilan sherikchilik kelishuvi imzolanishi va original ehtiyot qismlarni sotish borasida hamkorligimizni boshlab yuborganimiz esa tug’ilgan kunimizga alohida sovg’a bo’ldi. Endilikda esa Lada avtomobillariga original ehtiyot qismlarni AVTOritet tarmog’ining do’konlarida xarid qilishingiz mumkin.

Ikkinchi tug’ilgan kunimizni mijozlarimiz bilan birga qarshi olar ekanmiz, sovg’alarni olishni emas balki o’zimiz sovg’a tarqatishni afzal ko’rdik. AVTOritet ning Shimoliy Vokzalda joylashgan yangi filialini ochilishi shunday sovg’alardan bo’ldi. Ushbu filial Toshkentdagi beshinchi filialdir. Va avval ishga tushurilgan filiallar kabi bu yerda ham joylashuv masalasi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Korxona rahbariyati yo’l haratini uzoq vaqt o’rganish va tadqiq etish orqali TMAYo’li bo’yida joylashgan shahar markaziga nisbatan yaqin va qulay transport chorrahalari bor joyni tanladi.

Yangi avtomajmua tashrif buyuruvchi mijozlarni eng ilg’or asbob-uskunalar o’rnatilgan maydoni 1700 kv.m bo’lmish ta’mirlash hudidi va 5 000 dan ortiq buyumlar turlari taqdim etilgan maydoni 677 kv.m bo’lmish ehtiyot qismlar do’koni bilan qarshi oladi. Bundan tashqari, shunday katta avtomajmuani avtoyuvishsiz ham qoldira olmasdik. AVTOritet CarWash premium toifasidagi sifatli yuvish vositalardan foydalanadi. Avtomobillarni yuvish kontaktsiz, by esa avtomobilingizning ustini xavfsizligini ta’minlaydi!

Ammo tug’ilgan kun korxonaning faoliyatidagi yana bir kundir va AVTOritet o’z rivojlanishida to’xtab qolmaydi. Yangi filial ochgach bizlar tarmog’imizni sizlarga, avtomobilingizga va uyingizga yana yaqinlashtirish uchun yangi ob’yektlarni loyihalashtirish va qurish ishlariga qayta kirishamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan